Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Butun dunyodan ziyoratchilar Makkaga haj amalini ado etish uchun kelishmoqda
Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlariga butun dunyodan minglab musulmonlar haj amalini ado etish uchun kelishmoqda. Bu yilgi haj ziyorati 9-14 sentabr kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.
Saudi Press Agency ma'lumotiga ko‘ra, 5 sentabr kunigacha mamlakatga 1,2 millionga yaqin ziyoratchi yetib kelgandi. Bu miqdor 3,7 milliongacha yetishi aytilgan.
Saudiya Arabistoni rahbariyati Haj ziyorati chog‘ida favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olish bo‘yicha tegishli xizmatlarning rejasini tasdiqladi. O‘tgan yilgi achchiq tajribadan so‘ng (2015 yilgi haj mavsumi vaqtida tiqilinch oqibatida 2 mingga yaqin kishi halok bo‘lgandi) mamlakat hukumati ziyorat xavfsizligini maksimal darajada ta'minlashga qaror qilgan. Hajda xavfsizlikni ta'minlashga 17 ming kishi jalb etilgan.

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning haj safari avgust oyida boshlangan, 24 avgust–4 sentabr kunlari o‘zbekistonlik 5200 nafar ziyoratchini «O‘zbekiston havo yo‘llari» charter reyslarida Toshkent–Madina, Buxoro–Madina, Samarqand–Madina, Qarshi–Madina, Namangan–Madina va Urganch–Madina yo‘nalishlarida haj safariga jo‘natish tashkil etilgan.

Ziyoratchilar uchun mehmonxona, tibbiy markaz, oshxonalarni tayyorlash va zarur tashkiliy ishlarni amalga oshirish uchun 10 nafar ishchi guruhi a'zolari Saudiya Arabistoniga safarbar etilgan. O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida «Masjid an-Nabaviy»dan 150 metr masofada joylashgan «Javharat ar-Roshid», Makka shahrida esa «Masjidi Haram»dan 5000 metr masofadagi to‘rt yulduzli «Abroj al-Hidoya» mehmonxonasi ijaraga olingan.








Mavzuga oid
18:42 / 12.04.2026
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hajga borishda firibgarlarga aldanib qolmaslikka chaqirdi
09:39 / 05.03.2026
Madina va Jiddadan 21 reys: 4 948 nafar yo‘lovchi olib kelindi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
21:48 / 14.09.2025