Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrim mehmonxonasi Yevropada eng yaxshisi deb topildi
Qrimning Yalta shahrida faoliyat yuritadigan Mriya Resort & Spa majmuasi turizm sohasida ikkita obro‘li mukofot — World Travel Awards 2016 va World Spa Awards 2016 sovrinini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilingan mehmonxonaning Facebook sahifasida.
Ekspertlar Mriya Resort & Spa majmuasini Yevropaning eng yaxshi dam olish majmuasi va Rossiyaning eng yaxshi Spa-kurorti deb topishdi. Ta'kidlash joizki, mehmonxona World Travel Awards 2016ning 5ta yo‘nalishi bo‘yicha kurash olib borgan.
Taqdirlash marosimi 5 sentabr kuni Italiyaning Sardiniya orolida bo‘lib o‘tgan.
Besh yulduzli sanatoriya-kurort majmuasi Mriya Resort & Spa 2014 yil 14 avgustida ochilgan edi. Uning arxitektura loyihasini britaniyalik arxitektor va Rossiya Badiiy akademiyasining faxrli a'zosi ser Norman Foster chizgan.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:21 / 07.06.2026