Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni nishonlanmoqda
8 sentabr kuni Xalqaro jurnalistlar birdamligi kuni nishonlanadi. Ushbu sana 1958 yili Xalqaro jurnalistlar tashkiloti kongressi qaroriga ko‘ra belgilangan. Aynan 8 sentabr sifatida belgilanishiga sabab shuki, 1943 yil shu kunda fashistlar Berlinda chexoslovakiyalik jurnalist va adabiy tanqidchi Yulius Fuchikni qatl qilishgan edi. Fuchik qamoqxonada bo‘lgan vaqtida, "Dor ostidan reportaj" kitobini yozgandi. Ayni kitobi tufayli unga 1950 yili vafotidan so‘ng, Xalqaro tinchlik sovrini topshirildi. Ushbu kitob dunyoning 70 tiliga tarjima qilingan.
Bugungi kun jurnalistikasi dunyodagi eng xavfli kasblardan biri bo‘lib qolmoqda. Jurnalistlar dunyoning deyarli barcha burchaklarida o‘limga olib keluvchi taxdidlarga uchramoqda.
Xalqaro nohukumat tashkiloti – jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi CPJ ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yili sayyoramizning turli burchaklarida 73 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
Jurnalistlar uchun eng tahdidli hudud sifatida Suriya qayd etilgan. O‘tgan yili bu yerda 14 kishi kishi hayot bilan vidolashgan. Braziliya va Iroqda 6 nafar OAV xodimi vafot etgan.
2016 yilning shu davrigacha 29 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:46 / 29.11.2025
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga undovchi materiallar OAVda bepul joylashtiriladi
14:10 / 26.11.2025
Urush va OAV: haqiqat qayerda?
17:36 / 08.11.2025
BMT: Dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay qolmoqda
12:30 / 30.09.2025