Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh prezidentligi uchun nomzod jahon siyosatidan bilim saviyasini namoyish etdi
AQSh prezidentligi uchun Libertarian partiyasidan nomzod Heri Jonson televideniye orqali chiqishida Halabni bilmasligini tan oldi.
MSNBC telekanali boshlovchisi u bilan o‘tkazgan intervyusida, Jonson prezident bo‘lib saylangudek bo‘lsa, Suriya armiyasi va ekstremistlar o‘rtasidagi janglar tinimsiz davom etayotgan Halab shahri muammosini hal etishi uchun nima qilishi mumkinligi to‘g‘risida savol bergan.
"Halab nima u?", - deya savolga savol bilan javob bergan Nyu-Meksiko shtati sobiq gubernatori Jonson. Boshlovchining hazillashayapsizmi?, degan savoliga esa jiddiyligini bildirgan.
Shundan so‘ng, boshlovchi Jonsonga Halab shahri qayerda joylashgani, u bilan bog‘liq muammoni tushuntirgan.
Jonson keyinroq e'lon qilgan kommyunikesida izohlashicha, unga savol berishganida, u qandaydir qisqartma ot haqida o‘ylagan, Suriya nomi tilga olingach, gap nima haqida borayotganini anglagan.
Hozirgi vaqtda, Jonsonning maqsadi saylovchilarning 15 foizlik qo‘llab-quvvatlashiga erishishdir. Umummilliy ijtimoiy so‘rovlar buni tasdiqlasa, Jonson ham prezidentlikka nomzodlarning 26 sentabrga belgilangan ilk telebahslarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Ayni chog‘da, ayrim so‘rovlarga ko‘ra, uni amerikaliklarning 13 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
21:07
Prezident AQSh Savdo vakili bilan hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026