Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Apigee kompaniyasini xarid qiladi
AQShning Alphabet Inc korporatsiyasiga qarashli Google kompaniyasi ma'lum qilishicha, u bulutli dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Apigee Corp kompaniyasini 625 million dollar evaziga xarid qiladi.
San-Xose shahrida joylashgan Apigee tomonidan ishlab chiqariluvchi dasturiy ta'minot kompaniyaning raqamli xizmatlariga mijozlari va hamkorlari foydalanadigan ilovalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini beradi.
Google Apigee aksiyadorlariga har bir aksiya uchun 17,40 dollardan to‘laydi.
Mijozlari orasida AT&T, Burberry Group Plc, Vodafone Group Plc va Jahon banki kabi yirik muassasa va firmalar bo‘lgan kompaniya o‘tgan yilning aprel oyida ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylangan edi.
Google, Amazon.com Inc, Microsoft Corp, IBM Corp va boshqa kompaniyalar tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan korporativ ma'lumotlarni masofada saqlashni taklif etish biznesida o‘z ulushiga ega bo‘lish uchun kurash olib borayapti.
Apigee kompaniyasini uning yirik mijozlar bazasi bilan birga xarid qilish Google uchun ahamiyatli bo‘lib, kompaniyaga o‘z raqiblariga tenglashib olish imkonini beradi, degan Moor Insights & Strategy tahlilchisi Patrik Murhed.
Mavzuga oid
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
11:24 / 11.05.2026
“Kelajakni kvant kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin” – MIT’ni maqsad qilgan farg‘onalik o‘quvchi
18:27 / 08.05.2026