Texnologiya | 20:57 / 09.09.2016
12910
2 daqiqa o‘qiladi

Kipr ustida meteorit portladi

9 sentabr kechki payt Kipr ustida meteorit portladi. Bu haqda Cyprus Mail nashri xabar bermoqda. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Troodos tog‘ tizimi hududidagi aholi punktlari aholisi baland paqillash ovozi bilan kechgan osmondagi yorqin olovdan qo‘rqib ketganlar. Odamlar yorqin yashil obektni payqashgan va mahalliy vaqt bilan taxminan soat 00:45 da qattiq shovqin eshitishgan.      

Politsiyada orolning xavotirlangan aholisidan qo‘ng‘iroqlar kelib tushgani tasdiqlandi, biroq huquq-tartibot muassasalari xodimlari yorug‘lik va portlashlar manbasini mustaqil aniqlay olishmagan. Ba'zi guvohlarning aytishicha, ular yer qimirlaganini sezishgan. 

Kipr astronomik jamiyati faxriy raisi Ioannis Fakasning aytishicha, koinot jismi bir necha kilogramm kelgan. Uning ba'zi bo‘laklari Kiprdan shimolga tomon dengizga tushgan.

Meteoritlar deb, koinot jismining Yer sirtiga tushgan bo‘lagiga aytiladi. Astronomlarning fikricha, ko‘p meteoritlar yirik asteroidlarning qoldiqlari hisoblanadi. 

 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid