Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya KXDRga qat'iy talabini ilgari surdi
Rasmiy Moskva KXDRning navbatdagi yadro sinovini qoralaydi hamda mamlakat hukumatidan «xavfli g‘alamislik»larga barham berish, raketa-yadro dasturidan voz kechishni talab qiladi. Rossiya TIV 9 sentabr kuni e'lon qilgan bayonotida shu haqda so‘z yuritilgan.
Vazirlikda qayd etishlaricha, «KXDRning yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha global tartibni buzishga qaratilgan harakatlari Koreya yarimoroli va Osiyo Tinch okeani mintaqasidagi tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi». Rossiya tashqi siyosat mahkamasining ta'kidlashicha, yangi yadro sinovlari Pxenyan uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi.
Rossiya, shuningdek, Shimoliy Koreyaning BMT XK talablarini so‘zsiz bajarishga hamda Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasida ishtirokini qayta tiklashga chaqiradi, deyiladi hujjatda.
Shu bilan birga, Rossiya TIV mintaqa davlatlarini Koreya yarimorolida keskinlikni yanada kuchaytiruvchi hatti-harakatlardan o‘zlarini tiyib turishga undagan.
Pxenyan ma'muriyati 9 sentabr kuni KXDR tashkil topganining 68 yilligi munosabati bilan navbatdagi yadro sinovini o‘tkazdi. Shu munosabat bilan, BMT XK o‘zining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazadi.
Mavzuga oid
17:56 / 04.04.2026
Rossiyada naqdsiz to‘lovlarda ommaviy uzilish kuzatildi. Bu VPN'larni bloklashga urinish bilan bog‘lanmoqda
09:50 / 04.04.2026
Ukrainaga kuchli zarbalar: qurbonlar soni kamida o‘n kishiga yetdi
10:35 / 03.04.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik qaytarilishi mumkin
09:04 / 03.04.2026