Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Yaponiya KXDRga nisbatan sanksiyalar chuqurlashtirilishi bo‘yicha hamkorlik qiladi
AQSh va Yaponiya KXDR o‘tkazgan yangi yadro sinoviga javoban bu mamlakatga nisbatan o‘zlarining bir tomonlama sanksiyalarini chuqurlashtirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Tokioda AQShning KXDRga nisbatan siyosat bo‘yicha maxsus vakili Sun Kim ma'lum qilgan.
Shuningdek, bu davlatlar BMT Xavfsizlik Kengashi bu mamlakatga nisbatan imkon qadar qat'iy choralar ko‘rishiga erishish uchun hamkorlikda ish olib boradi.
«Yaponiya va AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan o‘zlarining sanksiyalarini chuqurlashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda», deya ma'lum qilgan manba.
Oldinroq Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi hukumat KXDRga nisbatan sanksiyalar kengaytirilishi, shuningdek, Xavfsizlik kengashi yangi sanksiyalar qabul qilishiga erishishini bildirib o‘tgandi.
KXDR hukumati 9 sentabr kuni quvvati 10 kilotonna bo‘lgan yadroviy qurolni yer osti sinovidan o‘tkazgani haqida ma'lum qildi. Bu sinov mamlakat tarixidagi eng kuchli yadro quroli sinovi bo‘lgani aytildi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
18:39 / 23.04.2026