Jahon | 17:18 / 11.09.2016
7076
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada NATO siyosatchilariga qarshi namoyish o‘tkazildi

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida NATOning agressiv siyosatchilariga qarshi aksilharbiy namoyishlar o‘tkazildi. Namoyish ishtirokchilari shahar bo‘ylab Shveytsariya va Rossiya bayroqlarini ko‘tarib o‘tishgan.

"Biz o‘z so‘zini aytishni istagan har bir kishiga so‘z berdik. Keyin biz Rossiya bayroqlari ranglaridagi 30ta qizil, oq va ko‘k sharlarni uchirdik", degan faollardan biri Maksim Groo TASS uchun bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksiyadan maqsad Shimoliy Atlantika blokining agressiv harakatlariga dunyo hamjamiyati e'tiborini jalb etish hisoblanadi.

"Bu barcha guvoh bo‘lib turgan holat, NATO har qayerda o‘zgalarning ishlariga aralashadi va shunchaki odamlarni o‘ldiradi. Iyulda Varshava shahrida o‘tkazilgan NATO sammiti esa alyansning surbetligini yana bir bor ko‘rsatdi. Axir aynan Varshava shahrida o‘z vaqtida NATOga qarshi davlatlar "Varshava shartomasi"ni imzolashgandi. Tashkilot bunday siyosat yuritish orqali osonlik bilan urush keltirib chiqarishi mumkin", deya qayd etgan Groo.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid