Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Isroilga 38 mlrd dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatadi
AQSh va Isroil hukumatlari harbiy ko‘mak ko‘rsatish dasturini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda Jerusalem Post xabar tarqatgan.
Kelishuvning hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha hujjat yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda. Vashington ushbu dastur doirasida 10 yil davomida 38 milliard dollar ajratishi kutilmoqda. Nashrning qayd etishicha, bu AQShning harbiy shartnomalari tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan birga bu kelishuv tuzilishi uchun Isroil ko‘p masalada yon bergan. Xususan, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qo‘shimcha yordam so‘ramaslikka rozi bo‘lgan.
AQSh 1987 yildan buyon har yili harbiy yordam ko‘rsatib keladi. Foreign Military Financing dasturi doirasida 1998-2007 yillarda Isroil har yili 2,4 mlrd dollar miqdorida yordam olgan, 2008 yildan 2017 yilgacha tuzilgan kelishuvga ko‘ra, yillik yordam hajmi 2,9-3,1 mlrd dollarga yetgan.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026