Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luish Figu «Barselona»dan «Real»ga o‘tgani sabablarini aytib o‘tdi
«Real»ning sobiq futbolchisi Luish Figu o‘z vaqtida «Barselona»dan Madrid jamoasiga o‘tishi borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men hech qachon «Barselona» haqida hech kimga yomon so‘z aytmaganman va bundan keyin ham hech kim mendan bunday so‘z eshitmaydi. Bu jamoada futbolchilik faoliyatimning eng yaxshi damlarini o‘tkazganman. Men bu jamoada futbolchi sifatida o‘sganman va 5 yil davomida baxtiyor bo‘lganman. Shunday ekan, bu jamoa haqida faqat yaxshi so‘zlar aytaman.
«Real»ga o‘tishim jiddiy qaror edi. Men «Real»ga o‘tish orqali yanada mashhur bo‘lishim, yanada ko‘proq sovrinlar yutishim va yanada ko‘p pul topishimni bilardim», – degan Figu.
Manba: Tribuna.uz