Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShga Gulenni hibsga olish haqidagi rasmiy so‘rovni yo‘lladi
Turkiya harbiy to‘ntaruv harakatini amalga oshirishda ayblanayotgan Fathulla Gulenni hibsga olish uchun Qo‘shma Shtatlarga rasmiy so‘rov yo‘lladi. Bu haqida NTV xabar berdi.
Rasmiy so‘rov Turkiya Adliya vaziriligi tomonidan yo‘llandi. Bu Turkiyaning Gulenni hibsga olish haqidagi birinchi rasmiy so‘rovidir.
Turkiya Gulenni 15 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan harbiy to‘ntaruv harakatini tashkillashtirishda va boshqarishda ayblamoqda.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bunday so‘rovnomani yuborish imkoniyatini Xitoyda bo‘lib o‘tgan G20 sammitida AQSh prezidenti Barak Obama bilan muhokama qilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026