Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 turnirining rasmiy tumori 26 oktabr kuni namoyish etiladi
Futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining rasmiy tumori 26 oktabr kuni tanlanadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi (RFI) va "Rossiya-2018" tashkiliy qo‘mitasi rahbari Vitaliy Mutko ma'lum qilgan.
"Ovoz berishlardan keyin 3ta variant qoldi: bo‘ri, mushuk va sher. 26 oktabr kuni ulardan birini tanlaymiz. Yaqin vaqt ichida keng miqyosda ovoz berishlar o‘tkaziladi. Har bir kishi ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Tumor Birinchi kanal efiri orqali namoyish etiladi", deya Mutkoning so‘zlarini keltirgan TASS.
Rossiya mezbonlik qiladigan 2018 yilgi mundial 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar bo‘lgan vaqt davomida Rossiyaning 11 shahridagi 12ta stadionda o‘tkaziladi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018