Jahon | 22:00 / 14.09.2016
5103
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqqa 181 mln dollarlik gumanitar yordam beradi

AQSh Iroqqa 181 mln dollarlik gumanitar yordam beradi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Entoni Blinken ma'lum qildi, deb xabar bermoqda  Al Sumaria telekanali. 

Telekanalning ta'kidlashicha, Vashington Iroqqa yordamni yaqin orada ko‘rsatadi. Shuningdek, AQShning baholashicha, Mosulni ozod qilish bo‘yicha harbiy operatsiya boshlangandan keyin bu hududdan bo‘lgan qochqinlar soni milliondan oshadi.   

Blinken o‘z delegatsiyasi bilan birga Iroqqa 13 sentabrda keldi. Delegatsiya Iroq hukumati bilan IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash hamda Mosul shahri ustidan nazoratni tiklash masalalarini muhokama qilmoqchi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid