Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Isroil harbiy yordam haqida kelishuv imzoladi
AQSh va Isroil hukumatlari xavfsizlik masalasiga taalluqli bo‘lgan harbiy hamkorlik haqidagi memorandumni imzoladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, AQSh 2018 yil oxiridan 2028 yilgacha Isroilga 38 mlrd dollarlik yordam ajratadi. Bunda Isroil har yili 3,3 mlrd dollar hamda raketalarga qarshi mudofaa ehtiyojlari uchun yana 500 mln dollar oladi.
Hujjatga ko‘ra, Isroil vaqti kelib AQShda ishlab chiqarilmagan qurol-aslahani sotib olishni to‘xtatishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, Isroilga ajratilgan mablag‘larni harbiy texnika uchun yoqilg‘i sotib olishga ishlatish taqiqlanadi.
Shuningdek, Isroil qo‘shimcha 5-avloddagi F-35 samolyotlarini sotib olishi mumkin.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026