Jahon | 17:16 / 15.09.2016
8668
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament rahbari Donald Trampni butun dunyo uchun muammo deb atadi

Yevroparlament prezidenti Martin Shults AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachi Donald Tramp g‘alaba qozongudek bo‘lsa, bu butun dunyo hamjamiyati uchun muammo tug‘dirishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi. U Spiegel nashriga bergan intervyusida shu haqda aytib o‘tgan.

«Tramp — nafaqat Yevropa Ittifoqi uchun, balki butun dunyo uchun muammo», — degan Shults.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Tramp saylovda g‘olib bo‘lsa, katta mas'uliyat talab qilinadigan joyda «g‘irt mas'uliyatsiz odam» paydo bo‘ladi.

Shults Yevropa ayni vaqtda «tarixiy davrni boshdan kechirayotgani»ni ta'kidlab o‘tgan.

Bundan oldinroq, Tramp AQShga prezident bo‘lsa, Rossiya va Putin bilan do‘stona aloqalar o‘rnatishga harakat qilishini aytib o‘tgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid