Jahon | 22:55 / 15.09.2016
7052
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istonda temir yo‘lga yangi rahbar tayinlandi
Qozog‘istonning "Kazaxstan temir joly" milliy kompaniyasi rahbari etib Kanat Alpisbayev tayinlandi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Alpisbayev avval kompaniyada operatsion faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha vitse-prezident lavozimini egallab kelgan.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev "Kazaxstan temir joly"ning rahbari Askar Maminni bosh vazir birinchi o‘rinbosari etib tayinlagandi. U bu lavozimda Bakitjan Sagintayevning o‘rnini egalladi. Sagintayev esa bosh vazir etib tayinladi. Avvalgi bosh vazir Karim Masimov esa Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari etib tayinlangan.
Mavzuga oid
20:59 / 18.11.2024
Qozog‘istonda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik yuk avtomobillari uchun yopildi
15:13 / 18.11.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni muhokama qilyapti
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024