Jahon | 07:52 / 16.09.2016
6870
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada Fransiya va Xitoy bilan birgalikda AES qurilishi boshlanadi

Buyuk Britaniya hukumati 18 mlrd funt sterling (24 mlrd dollar) qiymatdagi Hinkley Point atom elektrostansiyasi qurilishi loyihasini ma'qulladi.

Loyihani moliyalashtirishning asosiy qismini Fransiyaning Electricite de France (EDF) kompaniyasi ta'minlaydi, umumiy qiymatning uchdan bir qismini xitoylik investorlar China General Nuclear davlat kompaniyasi orqali ajratadilar.

Xinkli-Poyntdagi (Somerset grafligi) AES Buyuk Britaniyada 1995 yildan keyin qurilayotgan birinchi AES bo‘ladi. AES mavjud bo‘lgan Hinkley Point B AESi yonida quriladi, uning ekspluatatsiyasi 2023 yilda to‘xtatilishi kerak.

Yangi AESning ishga tushirilishi 2025 yilga mo‘ljallangan. Rejaga ko‘ra, elektrostansiya 60 yil davomida xizmat ko‘rsatishi kerak.

EDF Buyuk Britaniyada 15 ta atom reaktorini boshqaradi. Fransiya hukumatiga EDF’ning 81 foiz aksiyasi tegishli. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid