Jahon | 15:30 / 16.09.2016
6892
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyaning Dijon shahrida portlash eshitildi

Fransiyaning Dijon shahri markazidagi uylardan birida sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir necha kishi jabrlandi. Bu haqda BFM TV xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, portlash mahalliy vaqt bilan 9:15da sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida ko‘plab kishilar jarohat olgan, bino vayron bo‘lgan.

Voqea joyida qutqaruvchilar va o‘t o‘chirish xizmati xodimlari ish olib borishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid