Xitoy va Hindiston - Internetning eng yirik bozorlari ro‘yxatida yetakchilik qilishdi
Hindiston AQShni ortda qoldirib, dunyodagi ikkinchi eng yirik Internet bozoriga aylandi. Ushbu mamlakatda 333 million kishi Jahon "to‘r"iga chiqish imkoniga ega. Internetning eng yirik bozorlari ro‘yxatida birinchilik shubhasiz Xitoyga tegishli - bu yerda 720 million kishi Internetdan foydalanadi. Shunday bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoni bo‘lmagan xitoy va hindlar hali ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu haqida BMT Yangiliklar markazi YuNeSKO va Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI) shafeligi ostida tayyorlangan yangi ma'ruzaga asoslanib ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Yer yuzida Internetga kirish imkoni bo‘lmagan kishilar dunyoning 6 mamlakati - Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Pokiston, Bangladesh va Nigeriya hissasiga (umumiy hisobda dunyoning 55 foiz aholisi) to‘g‘ri keladi.
Hisobotga ko‘ra, 2016 yilning oxiriga borib, 3,5 milliard kishi Internetdan foydalanadi, bu dunyo aholisining 47 foizini tashkil qiladi.
Internetga kirish imkoniga ega aholining eng yuqori ko‘rsatkichi Islandiyada qayd etilgan - bu yerda 98,2 foiz kishi Internetdan foydalanadi.
Umumiy olganda bugungi kunda dunyoning 90 mamlakatida aholining 50 foizdan ortig‘i Internetga ulangan. 2015 yilda 79 mamlakat bunday imkonga ega bo‘lgan. Internetga kirish imkoni eng past bo‘lgan mamlakatlar - Afrika mamlakatlari. Chad, Serra-Leone, Somali va Eritreyada aholining 3 foizdan kamrog‘i Internetga ulangan.
Mavzuga oid
10:23 / 02.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda "yashil" texnologiyalar tadqiqot markazini barpo etishi mumkin
16:14 / 30.10.2024
Yangi uzilgan meva-sabzavotlarning “umrini uzaytirish” usuli ma’lum qilindi
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
22:04 / 23.10.2024