Mourino: "MYu" mag‘lubiyatga loyiq emasdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Yevropa Ligasining 1-turida "Feyyenoord"ga qarshi bahsdan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Natijadan mamnun emasman. Biz mag‘lubiyatga loyiq bo‘lmagan uchrashuvda yutqazib qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda to‘p nazoratini o‘z tomonimizda ushlab turdik, yaxshi o‘ynadik. Biz safardagi o‘yinda g‘alaba qozonishni rejalashtirgan edik. Oxirigacha mag‘lubiyatdan chiqib ketish yo‘llarini izladik.
"Feyyenoord" offsayddan gol urgani menga alam qilmoqda. Bizda golli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, biroq men bular uchun kimnidir ayblamoqchi emasman. Ba'zi futbolchilar boshqalarga nisbatan yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ayrimlari esa o‘z debyutini o‘tkazdi", -deydi Mourino.
Mavzuga oid
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024