Jahon | 18:01 / 16.09.2016
10931
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekka yetib keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekka tashrif buyurdi. Bu yerda u MDH davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

17 sentabrda Putin o‘zining qirg‘iz hamkasbi Almazbek Atamboyev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Shu bilan birga u Qirg‘iziston davlat rahbarining 60 yoshligi munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirlarda qatnashadi. 

MDH sammitining kun tartibidan iqtisodiy, xavfsizlik va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga doir masalalar o‘rin olgan. 

Rossiya va Qirg‘iziston rahbarlari uchrashuvidagi asosiy mavzu savdo-iqtisodiy masalalarga qaratilishi kutilmoqda. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid