Texnologii | 18:42 / 16.09.2016
5753
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 sotuvini qayta yo‘lga qo‘yadi

Foto: © EPA

Samsung Electronics ishlab chiqaruvchisi 28 sentabrdan Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 smartfoni sotuvini qayta yo‘lga qo‘yishi haqida ma'lum qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

Kompaniya xodimining so‘zlariga ko‘ra, boshqa mamlakatlar, shu jumladan AQShda smartfon sotuvini qayta tiklash bozorlarning mintaqaviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 

16 sentabrda AQSh hukumati bir million Galaxy Note 7 smartfonlarini qaytarish haqida e'lon qilganligi ma'lum bo‘ldi. 

Bundan avval Samsung kompaniyasi taxminan 1 milliard dollarlik jiddiy yo‘qotishlarni boshdan kechirgani haqida xabar berilgandi. Bu Galaxy Note 7 qurilmasining bozordagi debyuti muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan dalolat beradi. Gap shundaki, yangi qurilma batareyalari xavfli bo‘lib chiqdi - ular o‘z-o‘zidan portlay boshladi. Buning natijasida kompaniya sotilgan smartfonlarni qaytarib olishga majbur bo‘ldi. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid