Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov AQShga yo‘l oldi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Muhammad Ismoilning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov davolanish uchun AQShga jo‘nab ketgan.
“Elimizning ardoqli va atoqli shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Davlat madhiyasi muallifi, buyuk ustoz Abdulla Oripov sog‘ligini tiklash va yanada mustahkamlash uchun Amerika Qo‘shma Shtatlariga uchib ketdilar va bugungi kunda muolaja olmoqdalar. Ulug‘ ustozimizga Yaratgandan sog‘lik, salomatlik tilaymiz. Millatimizning ma'naviy yuksalishi yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz oldida hamisha ta'zim va tashakkurdamiz. Durdona asarlaringiz bilan xalqimizning ming yillik oltin xazinasini yanada boyitaverishingizga tilakdoshmiz. Baxtimizga bor bo‘ling, ulug‘ ustoz!”, deb yozadi Muhammad Ismoil.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026