Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya Respublikasi elchisi Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi
2016 yilning 15 sentabr kuni Koreya Respublikasining Favqulodda va muxtor Elchisi Kvon Yon U Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahridagi Inha universitetining rektori Sherzod Shermatov mehmonga ushbu tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi va oliy o‘quv yurtining faoliyati, talabalar va o‘qituvchi-professorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, IUTning loyihalari va tashabbuslari haqida gapirib berdi.

Elchi Kvon Yon U Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyatiga yuqori baho berdi va oliy o‘quv yurti to‘g‘risida ko‘p iliq fikrlar eshitgani aytdi. Uning so‘zlariga qo‘ra, universitet jahon stadartlariga javob beradigan sifatli ta'lim bermoqda. Koreya Respublikasi Elchisining ta'kidlashicha, Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikning timsolidir.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Toshkent shahridagi Inha universitetining faoliyatini takomillashtirish, oliy ta'lim muassasasining infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Janubiy Koreya kompaniyalarining texnologiyalari hamda moliyaviy resurslarini jalb etish masalalarini muhokama qildilar.

Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026