Uy egasining buyumlarini sotib, o‘zini o‘ldirgan usta jazoga tortildi
Yunusobod tumani uylardan birining egasi kvartirasini ta'mirlamoqchi bo‘lib, ustalarni yolladi. Ustalarning uyi uzoq bo‘lgani bois, qatnab ishlash qiyinchilik tug‘dirdi va Rossiyada istiqomat qiladigan qo‘shnisi bo‘sh turgan kvartirasini ularga vaqtincha berib turadigan bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Ko‘p o‘tmay ta'mirlash ishlari tugadi. Ustalar ham boshqa joydan ish olib, jo‘nab ketishdi. O‘tgan yilning noyabr oyi boshlarida o‘sha ustalardan biri, aniqrog‘i, 1991 yilda tug‘ilgan Bobir Jamolov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zlari ishlagan uyning yonida paydo bo‘ldi. Eshikni taqillatdi, hech kim ochmagach, uyga balkon orqali kirdi. Ko‘cha eshigining kaltini topgach, shu yerda yashab qolishga ahd qildi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, uyda turgan qiymati 385 ming so‘mlik Panasonic rusumli televizorni 70 ming so‘mga sotib yubordi. So‘ngra NORD rusumli muzlatgichni ham pulladi.
Bir kun uyga uy egasi kelib qoldi. O‘rnida yotgan Bobirdan kimligini so‘radi. Qo‘rqib ketgan Bobir unga pichoq bilan tashlandi. Uni pichoqlab tashladi va kamiga qo‘l-oyog‘ini bog‘lab qo‘ydi. Uy egasi qoniga belanib, jon berdi. Shu tariqa u uydan chiqib ketdi. Oradan bir hafta o‘tib, u qo‘lga olindi. Bobir sud hukmi bilan tegishli jazoga tortildi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
15:04 / 03.11.2024