Sport | 20:18 / 17.09.2016
7688
1 daqiqa o‘qiladi

Zidan Ronaldu hamda Beylning "Espanol"ga qarshi maydonga tushmasligini tasdiqladi

“Real Madrid” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yetakchilari Garet Beyl hamda Krishtianu Ronaldu Primeraning 4-turida “Espanol”ga qarshi maydonga tushmasligini tasdiqladi.

“Biz tavakkal qilmaymiz. Bu barcha futbolchilarga tegishli. “Real” – katta jamoa. Mavsumda 60tadan ko‘proq uchrashuv bor. Ularning sog‘lig‘i borasida tavakkal qilish mumkin emas”, – dedi Zidan.

Ma'lumot uchun, “Espanol” hamda “Real Madrid” o‘rtasidagi uchrashuv 18 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

manba:tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid