Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya Suriyada hukumat harbiylariga hujumda ishtirok etganini tan oldi
Avstraliya Mudofaa vazirligi mamlakat qurolli kuchlari samolyotlari AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya tarkibida Suriya hukumati harbiylari ustida xatolik tufayli amalga oshirilgan amaliyotda ishtirok etganini tan oldi.
«Avstraliya samolyotlari koalitsiyaning ushbu harbiy amaliyotida ishtirok etgan samolyotlar qatorida bor edi. Lekin biz suriyalik harbiylarni qasddan o‘qqa tutganimiz yo‘q. Bu hujum tufayli halok bo‘lgan suriyalik harbiylarning o‘limi uchun hamdardlik bildiramiz», – deya Avstraliya mudofaa vazirligi bayonotini keltirgan AVS.
Suriya sharqida, Dayr az-Zavrda xatolik tufayli berilgan zarbalar tufayli turli manbalarga ko‘ra 62 nafardan 83 nafargacha bo‘lgan suriyalik harbiy halok bo‘ldi, 100 nafardan ortig‘i yaralandi.
Bundan oldinroq, AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pauer Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning Suriya armiyasiga qaratilgan zarbalar Vashington IShIDni himoya qilayotgani to‘g‘risida xulosaga kelishga sabab bo‘layotgani haqidagi bayonotiga keskin munosabat bildirib, Rossiya tomonini Suriya masalasidagi kelishuvga rioya etmayotganini qo‘shimcha qilib o‘tgandi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026