AQŞning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pauerning aytişiça, Rossiya TIV “AQŞ IŞIDni himoya qilyapti” degan sözlari uçun “uyalişi kerak”. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Oq uy IŞID jangarilarini himoya qilayotgani borasida xulosaga kelayotgani haqida gapirib ötgan edi.

«Rossiya vakilining aytişiça, biz IŞIDni himoya qilayotgan emişmiz. Rostanmi? Bu terrorçi guruhi amerikalik fuqarolarning boşini tanidan judo qildi. Biz ana şu guruhni yöq qiliş uçun 67 ta davlatdan iborat koalitsiyani boşqaryapmiz», — dedi Pauer.