Jahon | 21:50 / 18.09.2016
4761
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi korrupsiyani giyohvandlikka qiyosladi

Rim papasi Frantsisk korrupsiyachilarni giyohvandlarga qiyosladi, deb xabar bermoqda Italiyaning ANSA axborot agentligi.  

"Hayot yo‘li bizni ikki yo‘ldan birini: halollik va nopoklik, sodiqlik va sodiqmaslik, egoistlik va altruizm, yaxshilik va yomonlikni tanlashga olib keladi. Bir vaqtda ikki yo‘lda bo‘lishning iloji yo‘q, chunki ularning yo‘nalishi har xil. Kimki korrupsiya yo‘lidan borsa, giyohvand kabi bo‘ladi. Unga go‘yoki korrupsiyani istalgan vaqtda tashlay oladigandek tuyuladi, biroq korrupsiya bog‘liqlik hamda qashshoqlik va azob keltiradi", deb aytdi papa.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid