Jamiyat | 20:02 / 19.09.2016
12953
1 daqiqa o‘qiladi

Arktika muzlari rekord darajada erib ketishi qayd etildi

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi Arktikaning muz qoplamasi joriy yilda rekord darajada eriganini qayd etishgan. Joriy yilda Arktika muzlari hajmi 4,5 mln kv km hajmiga qisqargan. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Kuzatishlar boshlangan 1979 yilda Arktika muzlari hajmi 7,5 mln kv km edi. Keyingi 30 yilda muzlar doimiy ravishda erishi kuzatilmoqda.

Tadqiqotchilar bu holatni global iqlim o‘zgarishlari bilan izohlashadi. 2015 yilning oktabridan buyon har oyda hududda harorat yuqorilab keldi. Arktikadagi havo harorati so‘nggi 115 yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

Olimlarning prognozlariga ko‘ra, keyingi 10 yilda jahon hamjamiyati zarur chora-tadbirlarni qo‘llamasa, muzlarning yana yarmi erib ketishi mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid