Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google’ning yangi messenjeri 21 sentabrda chiqadi
Google’ning yangi messenjeri – Allo dasturi haqidagi ilk ma'lumotlar may oyida o‘tgan I/O anjumanida paydo bo‘lgandi.
Google Allo’ning chiqishi sanasi haqida internetda @evleaks taxallusi bilan ma'lum bo‘lgan Evan Blass ma'lum qildi. U o‘zining tvitterdagi sahifasida messenjer 21 sentabrda chiqishini ma'lum qilgan.
Dasturchilarning aytishicha, dastur Google’dagi hisobga oluvchi yozuvga emas, telefon raqamiga bog‘lanadi. Messenjer Expressions funksiyasini oladi, uning yordamida foydalanuvchi o‘zining his-tuyg‘ularini aniqroq ifoda qilish uchun yuborilayotgan xabardagi matn o‘lchamini tanlay olishi mumkin bo‘ladi.
Yana bir kutilayotgan funksiya Smart Reply bo‘lib, u foydalanuvchiga suhbatdoshining xabarlariga aqlli javob variantlarini taqdim qiladi. Bunda doimo takomillashadigan algoritm hattoki fotosuratlardagi obektlarni ham taniy oladi.
Google avgust o‘rtasida videoqo‘ng‘iroqlar uchun Duo dasturini ishga tushirgandi. Dasturning o‘ziga xos jihati Knock Knock funksiyasi bo‘lib, unga ko‘ra foydalanuvchi qo‘ng‘iroqqa javob berishdan avval suhbatdoshining old kamerasidagi tasvirni ko‘ra oladi.
Mavzuga oid
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
08:15 / 04.06.2026
Google xavfli kasalliklarga qarshi chivinlar yordamida kurashmoqchi
08:46 / 02.06.2026
YeI Google va Microsoft uchun davlat tenderlarini cheklashi mumkin
18:27 / 08.05.2026