Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: NATO kelasi yili Boltiq mamlakatlariga harbiylarini joylashtiradi
NATO 2017 yil may oyida Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polshada o‘zining yangi batalonlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda. Ayrim harbiy bo‘linmalar belgilangan bazalarga 4 ming askardan iborat asosiy guruhlardan avvalroq kelishadi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi o‘zining elektron sonida yozgan.
NATO harbiy qo‘mitasi raisi, chex generali Petr Pavelning so‘zlariga ko‘ra, harbiy bo‘linmalar kelasi yilning birinchi yarmida kelishni boshlaydi. Polshada esa, mingga yaqin harbiylar aprel oyidayoq joylashtiriladi.
"Mazkur to‘rtta jangovar guruhlar haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, biz ularning nafaqat mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida bo‘lishini nazarda tutamiz, - degan general Pavel. – Bu kuchlar faqat ushlab turish emas, zarurat paydo bo‘lganda hujum qilish vositalari ham bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, NATOning iyul oyida Varshavada bo‘lib o‘tgan sammitida alyansning sharqiy chegaralarini mustahkamlash uchun Litva, Latviya, Estoniya va Polshada xalqaro harbiy batalonni joylashtirishga qaror qilingan edi. Xususan, Latviyaga Kanada, Litvaga GFR, Estoniyaga Buyuk Britaniya harbiy qismlarini olib kirishi belgilangan. AQSh Polshaga batalonini joylashtiradi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026