Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:34 / 20.09.2016
4868
1 daqiqa o‘qiladi
Yaya Ture terma jamoadagi faoliyatini yakunladi
Kot-d’ivuarlik futbolchi Yaya Ture terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida ma'lum qildi.
33 yoshli futbolchi terma jamoa safida 100dan ortiq uchrashuvda maydonga tushib, 19ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. U terma jamoa safida 14 yildan beri to‘p surib kelar edi.
Ture “Manchester Siti” safida asosiy tarkib uchun kurashmoqda va jamoaning yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo‘l ostida hozirga qadar biror marta maydonga tushmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish