Sport | 10:36 / 16.06.2019
5278
1 daqiqa o‘qiladi

Ture Xitoyning ikkinchi ligasi klubiga o‘tdi

Foto: ESPN

Kot-d'Ivuar milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Yaya Ture Xitoyning ikkinchi divizioni vakili «Tsindao Xaynyu» klubi bilan shartnoma imzolash uchun Tsindao shahriga keldi.

36 yoshli yarimhimoyachini aeroportda muxlislar va jurnalistlar kutib olishgan; Ture qo‘lida yangi jamoasining sharfini ushlagan holda rasmga tushgan.

Yayaning oxirgi klubi Gretsiyaning «Olimpiakos»i bo‘lgandi. Tomonlar 6 oylik hamkorlikdan so‘ng dekabr oyida o‘zaro kelishuv asosida bitimni bekor qilishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ture bunga qadar «Manchester Siti», «Barselona», «Monako», «Metallurg Donetsk» klublarida o‘ynagan; Kot-d`Ivuar milliy jamoasi safida Afrika millatlar kubogida g‘olib chiqqan.

Mavzuga oid