Ivuarlik yarimhimoyaçi Yaya Turening agenti Dmitriy Selyuk mijozi futbolçilik faoliyatiga nuqta qöyayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Sport24.ru xabar bermoqda.

«Bu haqda birinçi bölib gapiraman: Yaya çempionlik karerasiga yakun yasaşga qaror qildi. Uning uçun «Mançester Siti» taşkil etgan xayrlaşuv uçraşuvi haqiqatan ham uning nafaqat şu jamoadagi, balki umuman futbolçi sifatidagi faoliyatiga qöyilgan nuqta böldi», – dedi agent.

Selyukning sözlariga köra, Ture allaqaçon murabbiylik litsenziyasiga ega va şu yil iyundan boşlab biror jamoada ikkinçi murabbiy sifatida işlaşi mumkin.

«Şunisi aniqki, u iş boşlaydigan klubda nafaqat ikkinçi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi, balki sport direktori yoki prezidentning sport böyiça maslahatçisi funksiyalarini ham bajaradi. Yayada Rossiya va Ukrainadan takliflar bor», – deya ma'lum qildi Dmitriy Selyuk.

35 yoşli yarimhimoyaçi faoliyati davomida «Olimpiakos», «Monako», «Barselona» va «Mançester Siti» klublari şarafini himoya qildi. U 2018 yil sentabr oyida «Olimpiakos»ga qaytgan va dekabr oyida özaro kelişuv asosida şartnomasini bekor qilgandi. Ture 2019 yil aprel oyida butsalarini mixga ilişni rejalaştirmayotgani haqida aytgan edi.

Yaya Ture Yunoniston (bir marta), Ispaniya (ikki karra) va Angliya (uç karra) çempioni sanaladi. Uşbu har uçala mamlakatda bir marotabadan kubok sohibi bölgan. 2009 yilda «Barselona» safida Çempionlar ligasida ğolib çiqqan va öşa yili klublar örtasidagi jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritgan.

Kot-d`Ivuar milliy jamoasida 101ta öyinda 19ta gol urgan Ture 2015 yilda Afrika millatlar kubogida çempionlikka erişgan. Şuningdek, 2011-2014 yillarda ketma-ket tört marotaba Afrikada yilning eng yaxşi futbolçisi bölgan.