Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaya Ture mast holatda avtomobil boshqarishda ayblanmoqda
«Manchester Siti» hujumchisi Yaya Ture mast holatda avtomobil boshqarishda ayblanmoqda. Bu haqda BBC London politsiyasiga asoslanib xabar qilgan.
33 yoshli futbolchi yakunlanayotgan haftaning seshanba kunida Dagenhamga borganida politsiyachilar tomonidan to‘xtatilgan. Uning qonidagi alkogol miqdori me'yoridan ortiq ekani aniqlangan. Ture 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan sudga chaqirilgan.
2012 yilda Ture taqvodor musulmon ekanini aytib, o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga atalgan shampan vinosini rad etgandi.
Mavzuga oid
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:20 / 02.01.2026