Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya qochqinlarga 2,8 mlrd dollar yordam ajaratadi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening bayonot berishicha, mamlakat hukumati 2016 yildan boshlab 3 yil mobaynida butun dunyodagi qochqinlarga gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida 2,8 mlrd dollar ajratadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Sindzo Abe BMT Bosh assambleyasi sammitidagi chiqishida shunday fikrni bildirgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur gumanitar yordam qochqinlar va muhojirlar singari qabul qiluvchi davlat va tashkilotlarga ham ajratiladi.
Yapon bosh vazirining qayd etishicha, Yaponiya migratsiya masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya BMT Bosh assambleyasida Suriya va Iroqdagi qochqinlarga hamda Yaqin sharq va Afrikada tinchlikni mustahkamlash ishlari uchun 1,6 mlrd dollar ajratishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:43 / 11.06.2026