Jahon | 19:37 / 20.09.2016
4123
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda barcha abituriyentlar giyohvand moddalar iste'mol qilishga tekshiriladi

Filippin hukumati barcha oliy ta'lim muassasalarida barcha abituriyentlar organizmida giyohvand moddalar borligini majburiy tekshirishni kiritishni rejalashtirmoqda. Ushbu chora mamlakatda narkotrafikka qarshi kurash doirasida ko‘rilmoqda.

"Bunday tekshiruvni o‘tkazish g‘oyasi prezident barcha talabalar kampusini giyohvand moddalardan xoli hudud qilishga chaqirgandan keyin paydo bo‘ldi. Yoshlar bu xavfli moddalarni iste'mol qilmasliklari juda muhimdir. Bunda ta'lim olish bu illatdan qaytaruvchi omil bo‘lishi kerak", deb aytdi mamlakat hukumatining oliy ta'lim bo‘yicha komissiyasi ijrochi direktori.

Organizmida giyohvand modda topilgan talabalar ta'lim muassasasida o‘qish boshlanguncha davolash kursidan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

2016 yil may oyida saylangan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte noqonuniy narkotrafikka qarshi kurashni o‘z siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri qilib belgilagan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid