Jahon | 14:13 / 20.09.2016
4584
1 daqiqa o‘qiladi

Kenja Tramp qochqinlarni zaharlangan konfetlarga qiyosladi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning o‘g‘li o‘zining tvitterida suriyalik qochqinlarni zaharlangan Skittles konfetlariga qiyosladi

"Agar mening bir likopcha konfetim bo‘lsa-yu, ulardan uchtasi zaharlanganligini aytsam, ularni olgan bo‘larmidingiz? Bu - bizdagi suriyalik qochqinlar muammosi", - deb yozilgan Kenja Donald Trampning Skittles konfetlari surati tushirilgan sahifasida. 

Tramp xabarda AQShni birinchi o‘ringa qo‘ymaydigan masalalar bilan shug‘ullanishni to‘xtatish zarurligini ta'kidlagan. 

Ma'lumki, AQSh iyun va iyul oylarida o‘tgan 8 oyga nisbatan ko‘proq qochqinlarni qabul qilgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid