Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfonlar kurashi yoki Galaxy Note 7 iPhone 7’ga qarshi?
PhoneBuff xorijiy internet resursi youtube sahifasida smartfonlar bozorining eng ko‘zga ko‘ringan so‘nggi namunalari: iPhone 7 va Samsung Galaxy Note 7 telefonlarining ishlash tezligiga oid sinov jarayoni tushirilgan videolavhani joylashtirdi. Sinov vaqtida ikkala telefonda ham bir xil o‘yin va ilovalarni ishga tushirishgan, bunda ular ikki marta amalga oshirilgan.
Dastlab yangi iPhone 7, Note 7dan biroz ortda qolgan, biroq o‘yinlarni ishga tushirishda Koreya mahsuloti raqibini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, videorolik uchun ko‘proq vaqtni ketkazishi bilan ozgina bo‘lsa-da g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatni batamom boy bergan. Shunday qilib, Apple kompaniyasining yangi avlod smartfoni Galaxy Note 7 telefonini bir davraga ortda qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, yangi iPhone 7ning operativ xotirasi 2 gigabaytni tashkil etsa, Samsung telefoniga 4 gigabaytli xotira o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
18:01 / 15.04.2026