Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraning 23ta hududida tekshiruv o‘tkazdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonlari mutaxassislari umumiy chegaraning alohida hududlarida tekshiruvlar o‘tkazdi.
"14—20 sentabr kunlari davomida Jalolobod va O‘sh shaharlarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi", deyilgan O‘zbekiston TIV sayti tarqatgan xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida davlat chegarasi chizig‘ining 23ta hududi birgalikda dala sharoitida tekshirilgan.
Uchrashuv yakunida protokol imzolangan.
Sobiq Ittifoq tarqalib ketganidan keyin O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasidagi chegaraning ¼ qismi delimitatsiya qilinmasdan qolgan. Ushbu sabab chegarada doimiy ravishda mojarolar kelib chiqishiga olib kelmoqda. Oxirgi 3 yil davomida chegaraning ushbu bo‘lagida qurol ishlatilgan o‘nlab ko‘ngilsiz hodisalar yuz berdi.
2015 yilda Qirg‘iziston YeOIIga a'zo bo‘lganidan keyin ushbu davlat chegarasi Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston a'zo bo‘lgan ushbu ittifoqning janubiy qirg‘og‘iga aylangan.
Ma'lumot uchun, delimitatsiya — qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi chegarani muzokaralar yo‘li bilan aniqlashtirish. Demarkatsiya — davlat chegarasi chizig‘ini maxsus belgilar bilan ifoda qilish. U chegara delimitatsiyasi to‘g‘risidagi hujjat asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026