Jahon | 12:22 / 21.09.2016
37922
2 daqiqa o‘qiladi

Artur Taymazov Rossiya Davlat dumasi deputatiga aylandi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi safida 4ta Olimpiadada ishtirok etib, shularning 3tasida oltin medalga ega chiqqan Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasi uchun o‘tkazilgan saylovlarda Shimoliy Osetiya okrugida «Yedinaya Rossiya» vakili sifatida saylandi.

"Viloyat saylov komissiyasi majlisida Artur Taymazovga Rossiya Davlat Dumasining yettinchi chaqirig‘i majlisiga deputati guvohnomasi topshirildi", deyilgan Taymazovning rasmiy saytida.

Shimoliy Osetiyada Davlat dumasidagi 1 mandat uchun 7 nomzod kurashgan. 19 sentabr kuni Artur Taymazov uchun 281 186 ovoz berilgani ma'lum bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi vakili Gariy Kuchiyev (19 623 ovoz), uchinchi o‘rinni esa «Kommunisty Rossii» partiyasi vakili Nugzar Musulbes egallagan (7122 ovoz). 

Artur Taymazov 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2004, 2008 va 2012 yilgi Olimpiadalarda oltin medal egasiga aylangan.

Sportchi Osiyo o‘yinlarining uch karra g‘olibi ham hisoblanadi. 2002, 2006 va 2010 yilgi turnirda unga teng keladigan sportchi topilmagan. Jahon Chempionatlarida Taymazovga ikki marta oltin, ikki marta kumush va 1 marta bronza medali nasib qilgan.

Mavzuga oid