Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Ukrainaning Qrimdagi da'volarini qo‘llab-quvvatlaydi
© AP Photo
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan o‘tkazgan uchrashuvida Qrim masalasida Kiyevni qo‘llab-quvvatlash masalasi o‘zgarmasligini ta'kidlagan. Bu haqda, Ukraina davlat rahbari sayti xabar qilmoqda.
"Rajab Toyyib Erdo‘g‘an qayd etganidek, Turkiya Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini tiklashda Kiyevni, ham ikki tomonlama, hamda ko‘p tomonlama jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etadi", - deyiladi xabarda. Poroshenko matbuot-xizmatida ma'lum qilishlaricha, "Rossiya bilan aloqalarning tiklanishi Turkiyaning bu masaladagi qarashi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi".
Bundan tashqari, davlat rahbarlari savdo va investitsiyalarga oid masalalarni ham muhokama etgan.
"Ukraina prezidenti Turkiya kompaniyalarini mamlakatdagi korxonalarni xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirgan", - deya qo‘shimcha qilgan matbuot xizmati.
Ular, shuningdek, yaqin orada energetika masalasi bo‘yicha ukrain-turk ishchi guruhining uchrashuvini tashkil etishga kelishib olishgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.04.2026
Qrimda An-26 qulashi oqibatida Shimoliy flot aviatsiyasi komandiri halok bo‘lgan
08:19 / 02.04.2026
Tramp Kiyevga yordamni to‘xtatish bilan tahdid qildi
13:21 / 01.04.2026
Qrimda harbiy samolyot qulab, 30 kishi halok bo‘ldi
20:56 / 31.03.2026