Sport | 09:04 / 21.09.2016
3878
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada termasi Jahon kubogidagi g‘alabali yurishini davom ettirdi

Toronto shahrida bo‘lib o‘tayotgan xokkey bo‘yicha Jahon kubogi musobaqalarida Kanada milliy terma jamoasi AQSh terma jamoasi ustidan 4:2 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, pley-off bosqichiga chiqdi. 

Kanadaliklar tarkibida shaybalarni Mett Dyushen (6-; 12-daqiqa), Kori Perri (7) va Patris Berjyeron (29) kiritishgan bo‘lsa, amerikaliklar tarkibida Rayan Makdona (5) va Ti Jyey Oshi (58) shayba muallifi bo‘lishdi.

Kanada va Yevropa termalari o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonib, musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘llanmani naqd qilishdi. 22 sentabr kuni guruh bosqichining so‘nggi turida ular to‘rtlik g‘olibini aniqlab olishadi. 23 sentabrda amerikaliklar va chexlar ham o‘zlarining so‘nggi o‘yinini o‘tkazishadi. 

Mazkur musobaqa Kanada kubogining vorisi hisoblanadi. Jahon kubogi nomi ostida 1996 va 2004 yillarda ikki bor bellashuvlar tashkil etilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid