Jahon | 15:10 / 21.09.2016
4965
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va Ukraina yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi

Qozog‘iston va Ukraina, Qozog‘istonda ukrain AESlari uchun issiqlik chiqaruvchi rudalarni yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda, "Kazatomprom" milliy atom kompaniyasi rahbari Askar Jumagaliyevning Ukraina ko‘mir sanoati va energetika vaziri Igor Nasalik bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ma'lum qilindi. 

Jumagaliyevning so‘zlariga ko‘ra, "ushbu sohadagi hamkorlik, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish bo‘yicha strategik vazifalar nuqtai-nazaridan baholaganda, "Kazatomprom" uchun istiqbolli hisoblanadi". O‘z navbatida, Nasalikning qayd etishicha, Ukraina oldida yadro yoqilg‘isi va uning tarkibiy qismlari importini diversifikatsiya qilish masalasi turibdi. "Shu boisdan Qozog‘iston boyitilgan uran mahsulotlarini yetkazib berish borasida ishonchli hamkor bo‘lishi mumkin".

Muzokaralar natijasida, "mazkur masalani qo‘shma ishchi guruh doirasida batafsil ko‘rib chiqishga kelishilgan".

Bundan tashqari, "Kazatomprom"da ma'lum qilishlaricha, uchrashuvda "uran qazib olish va ionalmashuvchi qatron yetkazib berish sohalarida hamkorlik qilish masalalari ham muhokama etilgan".
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid