Odnoklassniki «OK Live OAVlar uchun» xizmatini ishga tushirdi
Odnoklassniki OAVlar muharirlariga chop etadigan yangiliklarida foydalanishi uchun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kontentini qidirish imkonini beruvchi «OK Live OAVlar uchun» xizmatini ishga tushirdi. Yangi xizmat nafaqat Rossiya, balki butun dunyo bo‘ylab ishga tushdi.
Xizmat ijtimoiy tizimning veb-sayt ko‘rinishida ishlaydi. U dunyoning interaktiv haritasi, foydalanuvchilarning va guruhlarning ommabop onlayn-videolari, yozuvlar arxivi, kalit so‘zlar, videoning nomi, geografik koordinatalar bo‘yicha qidiruvdan iborat. Bu jurnalistlarga tezlik bilan voqea sodir bo‘lgan yerdan noyob kontentga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Xizmat ishga tushirlganligining sababi foydalanuvchilar tomonidan olinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar sonining oshishi va shunga o‘xshash jonli video uzatish xizmatlaridan farqli o‘laroq ko‘rsatilgan videoni saqlash va jonli translyatsiyadan so‘ng qayta ko‘rsatish imkoniyati borligidir. “OK Live” ilovasida olingan video xoh ijtimoiy tizimda, xoh saytda namoyish qilinishi mumkin. “Embed” video to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastlabki manbaga – videoning muallifi va joylashtirilgan yerga havola beradi.
Anastasiya Jbanova, Odnoklassniki loyihasining matbuot xizmati rahbari:
“OK foydalanuvchilari uchun translyatsiyaning asosiy ssenariylaridan biri bu — voqealik joyida bevosita bo‘lish. Bunday videolar tezlik bilan “virusli” videoga aylanib tezda OKning ommobop videolar qatoridan joy oladi. Bizning fikrimizcha bunday kontent o‘zining tezkorligi va voqealikni obektiv tarzda ko‘rsatishi bilan qimmatli”
Mavzuga oid
15:00 / 21.12.2024
Kun.uz'ning YouTube'dagi obunachilari soni 3 milliondan oshdi
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
16:05 / 16.11.2024
“Ma’naviy ekspertiza” axloq pardasi himoyachisimi yoki media makon nazoratchisi? Bahsli mavzuda katta suhbat
16:46 / 26.08.2024