Jahon | 23:51 / 21.09.2016
7374
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Suriyadagi vaziyat Ukrainadagi bilan o‘xshashligini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Suriyada yuz berayotgan vaziyat uchun aybni rasmiy Damashqqa qo‘ydi. 

"Suriya hukumati mamlakat hozirda bo‘lgan sharoit, fuqarolarining aziyat chekishi uchun to‘liq javobgarlikka ega", deb aytdi Poroshenko BMT Bosh assambleyasidagi nutqida.  

Shu bilan birga u Rossiyaning Ukraina va Suriyaga nisbatan harakatlarida o‘xshashlik borligini aytdi. 

"Ukrainadagi kabi bu oldindan o‘ylangan siyosatning bir qismi bo‘lgan: ixtilofni avj oldirish, so‘ngra esa vaziyatni tartibga solishda o‘zini mediator sifatida taklif qilish... Bu mening davlatim uchun juda tanishdek yangraydi, u hanuzgacha Rossiyaning xuddi shunday taktikasini amalga oshirish uchun poligon bo‘lib qolmoqda", deb aytdi Poroshenko.

Uning ta'kidlashicha, Suriya ixtilofining ko‘plab jiddiy oqibatlari bor, ular orasida nazorat qilib bo‘lmaydigan migratsiya, terrorchilikning tarqalishi, IShID va boshqa terrorchilik guruhlarining kuchayishi bor.

Kiyev hukumati va G‘arb Rossiyani Ukrainaning ichki ishlariga aralashishda ayblab keladi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid