Seul Rossiya va Xitoyning ehtimoliy raketa zarbalariga tayyor
Janubiy Koreya, Rossiya va Xitoy AQShning 2017 yili mamlakatga joylashtirishni rejalashtirgan THAAD RQM tizimiga zarba yo‘llagudek bo‘lsa, raketalarni urib tushiradi, deya bayonot bergan Koreya mudofaa vaziri Xan Min Gu.
"Mabodo, Xitoy yoki Rossiya raketa zarbalari bersa, ularni urib tushirmasligimiz mumkinmi? Albatta, biz urib tushiramiz", — deya mudofaa vaziri so‘zlarini keltiradi Yonxap agentligi.
Xan Min Guning aniqlik kiritishicha, Rossiya va Xitoyning ehtimoliy raketa hujumlari THAAD tizimi yordamida qaytariladi.
"U, Xitoy va Rossiyaning qarshiligini va iqtisodiy muammolarni e'tiborga olganimizda ham bizning xavfsizligimizni ta'minlash uchun zarur", — deb qayd etgan Xan Min Gu.
Mavzuga oid
09:10 / 24.09.2024
G7 BMTda Kiyevga uzoq masofali raketalarga ruxsat berish masalasini muhokama qiladi
13:25 / 23.09.2024
Eron paradda yangi raketa va dronlarni namoyish qildi
11:10 / 23.09.2024
OSINT-tahlilchi: «Sarmat» qit’alararo ballistik raketasi sinov paytida portlab ketdi
10:10 / 20.09.2024