Jahon | 18:23 / 22.09.2016
6179
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Halabga borishni rejalashtirmoqda

Suriya prezidenti Bashar Asad Halabga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqida u Associated Press’ga bergan intervyusida ma'lum qildi. 


Jurnalistning “Halabda bo‘lganmisiz, u yerga borish rejangizda bormi?” degan savoliga Asad “Albatta, boraman”, deya javob bergan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Halab qamalda emas va u yerga insonparvarlik yordamlari yetkazish uchun imkon bor. 
 
“Agar u yer haqiqatdan ham qamalda bo‘lganida odamlar allaqachon qirilib ketgan bo‘lardi”, - deya aniqlik kiritdi u. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid